«O‘zbekistonda eng obro‘li inson muallim bo‘lishi kerak» – Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik yo‘lladi

O‘zbekistonda har yili 1 oktabr sanasi O‘qituvchi va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlanadi.

Aziz va muhtaram ustozlar!
Bugun ta’lim-tarbiya sohasida, hurmatli o‘qituvchi
va murabbiylarimiz, farzandlarimiz hayotida yangi davr boshlanmoqda. Bu davrni yanada chuqur ma’no-mazmun bilan to‘ldirib, milliy yuksalishga erishish faqat va faqat o‘zimizga, shu yo‘lda hamjihatlik bilan qattiq mehnat qilishimizga bog‘liq.
Biz xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizning taqdirini, O‘zbekiston istiqbolini sizlarga ishonib topshirganmiz. Va bu vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan sizlar kabi fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.
Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

WordPress Themes